Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar orasida Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda. Ushbu ikki davlatning har biridan $3,6 mlrd lik mahsulotlar import qilingan.

Shuningdek, importda yuqori ulushga ega boʻlgan qolgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozogʻiston — $1,9 mlrd;
  • Koreya — $1,3 mlrd;
  • Turkiya — $1,2 mlrd;
  • Germaniya — $516 mln;
  • Turkmaniston — $355 mln;
  • Hindiston — $338 mln;
  • Ukraina — $309 mln;
  • Litva — $300 mln.

Bundan tashqari, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonning eksport hajmi $10,3 mlrd ga teng boʻldi.

Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar quyidagicha:

  • Xitoy — $1,8 mlrd;
  • Rossiya — $1,5 mlrd;
  • Turkiya — $1,3 mlrd;
  • Qozogʻiston — $840 mln;
  • Qirgʻiziston — $562 mln;
  • Afgʻoniston — $487 mln;
  • Tojikiston — $337 mln;
  • Kanada — $161 mln;
  • Ukraina — $142 mln;
  • Turkmaniston — $137 mln.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $28,2 mlrd ga teng boʻldi.