O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining Xalqaro media- xollida “Mening yurtim” telekanali rebrendingi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yangi rebrendingning barcha elementlariga alohida ta’rif berildi. Yangi logotipda ikki aylana — galaktikadagi sayyoralarga ishora qilingan. Kichik xalqa ichidan “M” va “Y” harflari “Mening Yurtim” (“Mening yurtim”) so‘zlarining bosh harflari joy olgan. Katta aylana ichidagi 5 raqami telekanal beshta unsurlarini ifodalaydi.

Shuningdek, yangi logotipda asosan moviy, to‘q pushti, oq hamda tilla ranglardan foydalanilgan.

Ma’lumot uchun, “Mening yurtim” telekanaliga 2014-yil 12-noyabr kuni asos solingan.