Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning sentyabr oyida avtomobillar boʻyicha eng koʻp “Cobalt” ishlab chiqarilgan — 6 649 dona.

Shuningdek:

  • “Damas” — 4 804 dona;
  • “Lacetti-Gentra” — 3 811 dona;
  • “Labo” — 2 199 dona;
  • “Nexia T-250” — 1 860 dona;
  • “Spark” — 412 dona.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida 43 316 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

Umumiy hisobda, koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni quyidagicha:

  • “Cobalt” — 43 316 dona;
  • “Damas” — 42 356 dona;
  • “Lacetti-Gentra” — 30 079 dona;
  • “Nexia T-250” — 16 479 dona;
  • “Labo” — 11 056 dona;
  • “Spark” — 6 897 dona.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonda soʻnggi 9 oy ichida “chiroyli” avtoraqamlarga 221,1 mlrd soʻm sarflanganligi haqida yozgan edi.