Texasning janubi-sharqidagi hududda “Starship” raketasi ustidagi ishlar davom etmoqda. Ayni paytda kemaning kosmosda ishga tushiradigan Raptor vakuumli dvigatel qismi tayyor, deb yozadi TechCrunch.

Uchishga ruxsat olish uchun SpaceX barcha xavfsizlik choralari koʻngildagidek ekanligini taqdim etishi kerak, shunda uchish paytida biror narsa notoʻgʻri ketishi ehtimoli minimal boʻladi.

“Agar hammasi yaxshi boʻlsa, „Starship“ kelasi oy oʻzining birinchi orbital parvoziga tayyor boʻladi”, — dedi Ilon Mask Twitterdagi sahifasida.

Avgust oyida SpaceX prototipning ikkita qismini birlashtirdi: “Starship” kosmik kemasi va uning 29 ta Raptor kislorod-metan dvigateliga ega oʻta ogʻir tezlatkich. Bu taxminan 120 metr balandlikdagi tarixdagi eng baland yigʻilgan raketaga aylanadi.

Avvalroq Spot Ilon Mask dunyoning birinchi trillioneriga aylanishi mumkinligi haqida yozgan edi.