Avtoturargohlar, oʻtish bogʻlamalari, mobil ilova va WiFi: Toshkent metropoliteni isloh qilinadi

Toshkent shahriga kirib keluvchi yoʻlovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi


Sentyabr oyida Toshkentdagi kvartira narxlarida qanday o’zgarish bo’ldi

Poytaxtdagi turar-joy narxlari o’tgan chorakka qaraganda 5−7% ga oshgan.


Markaziy bank 2021-yil yakuni bo’yicha inflyatsiya darajasi bo’yicha asosiy xatarlarni sanab o’tdi

Umumiy inflyatsiyaning pasayish dinamikasiga o‘tganligi, bazaviy inflyatsiya darajasini prognozlar doirasida shakllanayotganligi va amaldagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari yil so‘ngigacha inflyatsiyaning 10 foizlik prognoziga erishishda qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘ladi.


Jamg’arma: so’m yoki AQSh dollari. Qaysi biri foydaliroq

Spot bankda omonat ochishni rejalashtirayotganlar uchun foydali maqola tayyorladi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Farg‘onada dastlabki elektromobillar joriy yilning dekabr oyida test rejimida ishlab chiqariladi. Bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan va 2022-yilda yakunlanadigan loyiha natijasida 350 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi. Korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach, yillik 10 ming dona elektromobil ishlab chiqariladi.
  2. Koʻp kvartirali uylarning yertoʻlasidan foydalanish tartibi belgilandi. Nizom orqali yerto’lada shug’ullanish mumkin bo’lgan faoliyat turlari belgilangan bo’lib, ijaradan olingan to’lovlar ushbu koʻp kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
  3. Burger King fudkortlari qayerda ochilishi ma’lum bo’ldi. Ma’lumotlarga ko’ra, bu Bobur bog’i, Ekobozor yonidagi Atlas majmuasida va Chilonzor 25 — mavzeda bo’lishi kutilmoqda.
  4. Endilikda telegram- bot orqali oltin quymalar va esdalik tangalari to‘g‘risida ma’lumotlarni olish mumkin. Ushbu botda oʻlchovli oltin quymalar, oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari qoldiqlari, sotuv shoxobchalari hamda narxlari toʻgʻrisida ma’lumotlar har kuni joylashtirib boriladi.
  5. Har bir talabaga oyiga 5 gigabayt bepul internet beriladi. Bundan tashqari, IT park negizida Ilmiy innovatsiyalar markazi tashkil etilib, unga har yili 30 mlrd soʻm ajratiladi.
  6. Yandex Go Andijonda ish boshladi: narxlar, sozlama va ilova haqida qisqacha. Yoʻl kira narxi 2500 soʻmdan boshlanadi. Masalan, “Oʻzbegim” savdo-koʻngilochar markazidan “Bogʻishamol” mehmonxonasiga borish taxminan 4100 soʻmga tushadi, temir yoʻl vokzalidan Alisher Navoiy bogʻiga qadar esa 4700 soʻmga yetib olish mumkin.
  7. Sun’iy tolali gazlamalar va mo’yna uchun import boji nolga tenglashtirildi. Shuningdek, 2024-yil 1-yanvargacha zig’irpoya tolasidan to’qilgan gazlamalar, shisha iplar ham import bojidan ozod qilinadi.
  8. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari QQSdan ozod qilinmoqda.Goʻsht, tirik hayvonlar va ularni soʻyish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni olib kiritishda QQS qoʻllanilmaydi.
  9. Toshkentdagi biznes markaz 5,6 mlrd soʻmga auksionga qoʻyildi. Lot 2014-yilda qurilgan, yertoʻla, 3 qavat bino va 41 ta xonadan iborat.
  10. Toshkent shahrida “STUDENTHACK2021” xakatoni bo’lib o‘tadi. Xakaton doirasida jamoalar o‘z IT loyihalari yoki gʻoyalarini toʻliq prototipga aylantirishda yordam olishlari mumkin. Shuningdek, tanlov gʻoliblari Dubayga yoʻllanmani qoʻlga kiritadilar.