“Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-5267-son, 25.10.2021-y.) qabul qilindi.

Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar beriladi.

Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekistonga import qilingan tabiiy gazni realizatsiya qilishda aksiz soligʻining nol foizlik stavkasi belgilandi.

2022-yil 1-yanvardan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gazga aksiz soligʻi solinmaydi.

Tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni Oʻzbekistonga import qilishda QQSni 120 kungacha muddatga foizlar hisoblanmagan va uning toʻlanishini taʼminlash talab etilmagan holda, kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.