Afg’onistonning yangi hukumati bug’doy mahsuloti evaziga ish taqdim etadigan dasturni ishga tushirdi. Bu haqda “РИА Новости” nashri manbalarga tayanib xabar berdi.

Xabar aytilishicha, ushbu loyiha doirasidagi asosiy ishlar Qobul atrofidagi tog’li hududlardagi suv resurslarini boshqarish bilan bog’liq.

Shu orqali shaharda yuz berishi mumkin bo’lgan ehtimoluy suv toshqinlarini oldini olish mumkin.

Dastur doirasida 40 ming yaqin kishi ish bilan band boʻlishi va ularga ish haqi sifatida 65 ming tonna bugʻdoy tarqatish rejalashtirilgan.

Dasturni e’lon qilish marosimida turli rasmiylar va toliblar tomonidan tayinlangan vaqtinchalik hukumat vazirliklari vakillari ishtirok etgan.