2021-yilning uchinchi choragi yakuniga koʻra Facebook-ning daromadi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 35 foizga oʻsib, $29,01 mlrd ni tashkil etdi. Bu tahlilchilar prognozidan $29,57 mlrd ga past.

Sof foyda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 17% ga oʻsib, $9,19 mlrd ni tashkil etdi. Bu raqam, taxminan, $9,09 mlrd boʻlishi kutilgan edi. Ushbu chorak Facebook uchun yil davomidagi eng kam daromad keltirdi; kompaniya 2021-yilning birinchi choragida $9,4 mlrd, ikkinchisida esa $10,39 mlrd foyda olgan edi.

Facebook-ning faol foydalanuvchilari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6% ga oʻsib, 1,93 mlrd kishiga yetdi.

Kompaniya toʻrtinchi chorakdagi daromadga iOS-dagi maxfiylik siyosati oʻzgarishi taʼsir qilishidan havotirda.

Avvalroq Spot Facebook rebrending oʻtkazishi va uning nomi oʻzgarishi mumkinligi haqida yozgan edi.