Instagram stories-larga boshqa saytlar havolalarini qoʻshish imkoniyatini hamma uchun taqdim qiladigan boʻldi. Avvallari bu faqat 10 mingdan ortiq obunachisi boʻlgan foydalanuvchilar, shuningdek, tasdiqlangan hisob egalari (tasdiq belgisi bilan koʻk belgi) uchun mumkin boʻlgan. Endi bu funksiyadan har kim foydalanishi mumkin.

“Siz ovqat pishirishga, koʻngillilik qilishga yoki xarid qilishga qiziqasizmi, endi sizda obunachilaringizning oʻlchamidan qatʼi nazar, stories orqali baham koʻrish uchun imkoningiz bor”, deyiladi Instagram postida.

Kompaniyaning taʼkidlashicha, tarmoq keng doiradagi foydalanuvchilarning “muhim narsalarni doʻstlar va oila aʼzolari bilan boʻlishish” istagini “tinglagan”.

Eslatib oʻtamiz, Instagram avvalroq kompyuterdan post joylash funksiyasini joriy etgan edi.