Boshqaruvchisiz Roboat qayiqlari Massachusets texnologiya institutining Kompyuter fanlari va sunʼiy intellekt laboratoriyasi (CSAIL) va Senseable City jamoasi tomonidan ishlab chiqildi, deya yozmoqda TechCrunch.
Qayiqlar shahar kanallari boʻylab suzib yuradi. Ular besh yoʻlovchiga moʻljallangan. Bundan tashqari, qurilma orqali kanallardan chiqindi yigʻish va yuklarni yetkazib berishda foydalanish mumkin.
Roboat yoʻnalishni aniqlash uchun lidar va bir nechta 360 darajali panorama kameralardan, shuningdek, GPSdan foydalanadi. Kemalar simsiz quvvatlanadi va yuk tashish qobiliyatiga qarab 12 dan 24 soatgacha bitta zaryadda ishlaydi.
Ishlar chiqaruvchilar jamoasi qayiqni Amsterdam kanallarida sinovdan oʻtkazdi. Endilikda uni ommaviylashtirish ustida ishlashmoqda.
Avvalroq Spot 2025-yildan Yaponiyada uchar avtomobil biznesi yoʻlga qoʻyilishi mumkinligi haqida yozgan edi.