Qonun loyihasiga koʻra, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari quyidagi shartlar bir vaqtda bajargan taqdirda foyda soligʻi stavkasining 0% miqdorida qoʻllaydilar:

  • kiritilgan investitsiyalar hajmi kamida $3,0 mln ni tashkil etganda;
  • tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishdan daromad jami daromad umumiy summasining kamida 50%ini tashkil etganda.

Qayd etilishicha, loyiha qoidalarining amalga oshirilishi moliyaviy xarajatlarni talab etilmaydi. Shu bilan birgalikda, har yili davlat byudjetiga 15−20 mlrd soʻm soliq toʻlovlari kelib tushmasligi xavfi mavjud.

Loyiha ijrosi natijasida maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tasarrufida yiliga 15−20 mlrd soʻm iqtisod qilingan mablagʻlar qoladi. Tadbirkorlarda mazkur mablagʻlarni yangi korxonalarni tashkil etish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirishga yoʻnaltirish imkoni yaratiladi.

Avvalroq Spot 1-yanvardan ayrim tadbirkorlarga soliqlarni toʻlashni kechiktirish huquqi berilishi haqida yozgan edi.