2021-yilning 8−14-noyabr kunlari IT Park vakillari Bangladesh Xalq Respublikasining Dakka shahrida boʻlgan Butunjahon axborot texnologiyalari kongressida (WCIT) ishtirok etishdi.

Har yili “WCIT"da 2 milliondan ziyod odam, 75 mamlakat, 1500 delegat va 100 spiker ishtirok etadi. Oʻzbekiston delegatsiyasining asosiy missiyasi Oʻzbekiston bozoriga manfaatdor autsorsing IT-kompaniyalarini jalb qilish va axborot texnologiyalari sohasida mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishdan iborat boʻldi.

Taʼkidlanishicha, kongress davomida quyidagicha oʻzaro almashuv memorandumlari imzolandi:

  • Bangladesh Call-markazlari va “BACCO” autsorsing assotsiatsiyasi Oʻzbekistondagi BPO bozorini tahlil qilish va mamlakat salohiyatini aniqlash uchun Bangladesh mutaxassislarini jalb qilish, shuningdek, Oʻzbekistonda IT-autsorsingni rivojlantirish maqsadida Bangladesh uyushmasi aʼzolariga Oʻzbekiston BPO kompaniyalari bilan qoʻshma korxonalar yaratishda yordam va koʻmak koʻrsatish;
  • IT-taʼlimni rivojlantirish, yaʼni IT sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha hamkorlik boʻyicha “Hi-Tech Park” texnoparki.

Kelgusida yuqoridagi barcha IT kompaniyalar bilan juda koʻp murakkab ishlar rejalashtirilgan, buning natijasida 2022-yilda Bangladesh IT-kompaniyalari bilan kamida 5 ta yangi qoʻshma korxona tashkil qilinishi kutilmoqda.

2023-yilda mazkur korxonalar xizmat koʻrsatish boʻyicha eksporti hajmi yiliga kamida $10 mln ni tashkil etadi.

Shuningdek, qoʻshma korxonalar ochish doirasida 2022-yilda 200 dan ortiq, 2025-yilgacha esa 1500 dan ortiq ish oʻrni yaratiladi, Bangladesh IT-kompaniyalari bilan birgalikda IT Park rezidentlarining pilot loyihalari ishga tushiriladi.