Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

  • 2010-yilgacha berilganlari — 2022-yil 31-martgacha;
  • 2010 — 2020-yillarda berilganlari — 2022-yil 30-iyungacha;
  • 2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2022-yil sentyabrgacha;
  • 2015-yildan keyin berilganlari — 2022-yil 31-dekabrgacha.

Ilgari 2021-yil 31-dekabrgacha almashtirish majburiy edi.

Xabarda ta’kidlanishicha, yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.