Mehnat vazirligi vaksina olmagan xodimlarni ishdan chetlashtirish tartibi haqida maʼlumot berdi

Ishdan chetlashtirish boʻyicha buyruq chiqarishdan avval xodimdan emlashni rad etish boʻyicha yozma ariza olinadi.



UzAuto Motors kompaniyasi Captiva yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzishni toʻxtatdi

Sabab — yarimoʻtkazgich inqirozi. Xaridorlar boshqa mashina xarid qilishlari yoki pullarini qaytarib olishlari mumkin.



Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqariladi

Maʼlum qilinishicha, loyihaning yillik quvvati 80 tonna chigirtka unini ishlab chiqarishga moʼljallangan.



Jo Bayden benzin narxi nega pastlamayotganini tekshirishni buyurdi

AQShda ayni damda bir litr benzin narxi 99 sentgacha koʻtarilgan.



Avtomobilga displey oʻrnatish, rulda quloqchinlardan foydalanish va ayrim garnituralardan foydalanish. Qonunchilikda nimalar oʻzgarmoqda

Shuningdek, transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborganda tezlikni oʻlchaydigan maxsus uskunalar qayd etgan tezlikdan soatiga 5 kilometr ayirib tashlab hisoblash joriy etilmoqda.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat raqami berish boshlandi. 2021-yil 1-noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari bepul almashtirib beriladi.
  2. Talaba guvohnomasi ID kartaga almashtiriladi. Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida jurnal, reyting daftarcha endi qogʻoz koʻrinishda boʻlmaydi.
  3. Samarqand aeroportining yopilishi dekabr oyining o’rtalariga qadar uzaytiriladi. Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga — “Navoiy”, “Buxoro”, “Qarshi” aeroportlariga yo’naltiriladi.
  4. 1-yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilinadi. Koʻzda tutilayotgan bu ijobiy oʻzgarishlar natijasida fuqarolar ixtiyorida qoʻshimcha 1,2 trln soʻmdan ortiq mablagʻ qoldiriladi.
  5. 2022-yilda ish haqi va pensiya miqdori oshiriladi. Davlat byudjeti hisobidan 2022-yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
  6. Aholi tomorqasida dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish uchun banklar tomonidan 7 foiz stavkada imtiyozli kreditlar beriladi. Kelgusi yilda davlat investitsiya dasturi doirasida jami 18 trillion so‘mlikdan ziyod 1 ming 700 ga yaqin loyiha, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari doirasida 22 milliard dollarlik 9 mingta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
  7. Qishloq xo‘jaligi yerlarini dronlar yordamida kuzatish yo‘lga qo‘yiladi. Bu Prezident qarorida aks etgan.
  8. O‘zbekistonda rasmiy ishsizlik darajasi ma’lum qilindi. Ishga muhtoj boʻlganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4% ni tashkil etdi.
  9. Renault Uzbekistan sotuvlar boshlanganini eʼlon qildi. Renault Arkana narxi modifikatsiyasiga qarab 239 mln soʻmdan 282 mln soʻmgacha, Renault Kaptur narxi esa qariyb 229 mln soʻmdan boshlanib, 276,5 mln soʻmgacha yetadi.
  10. Benzin narxi yaqin kunlarda oʻzgaradi. Benzin narxi oshishida ham manipulyatsiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sunʼiy ravishda annulyatsiya qilish alomatlari aniqlangan.
  11. 2023-yildan QQS 12 foizgacha, mobil aloqa xizmatlariga aksiz soligʻi 10 foizgacha pasaytiriladi. Shuningdek, bank, mobil aloqa operatorlari va bozorlar va savdo komplekslari uchun belgilangan foyda soligʻi stavkasi 20% dan 15% ga pasaytiriladi.
  12. Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi. Belgilangan muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
  13. Metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar joriy etiladi. Maʼlum boʻlishicha, har bir viloyat oʻz hududida zapravkalar ishlash vaqtini oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi.
  14. Sertifikatlash lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati qisqardi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiyligi quyidagi mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
  15. “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkentdan Sochiga aviaqatnovni amalga oshiradi. Parvoz davri kuz-qish navigatsiyasi oxirigacha davom etadi. Yoʻlovchilar Airbus 320 samolyotida tashiladi.
  16. Turkmanistonda talabalarning VPNdan foydalanishlariga cheklov qoʻyildi. Green Card taʼqiqlandi. Mamlakatda ishlab turgan yagona IMO messenjeridan foydalanish taqiqlangan. Endi faqat matnli xabarlar yuborish mumkin.
  17. Koʻchmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori oʻsish surʼatlari Andijon viloyatida qayd etildi. O‘zbekistonliklarning uy sotib olish ko‘rsatkichlari qariyb 12 foizga oshdi.
  18. Qoʻllanma: 25 yoshgacha boʻlgan xodimlarga toʻlangan ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun ariza berish tartibi. Ariza 5 ish kunida oʻrganib chiqiladi.