Quyosh kollektorining issiqlik qabul qiluvchi yassi paneli patentlandi.
Foydali model quyosh texnologiyasi sohasiga, xususan, quyosh energiyasi yordamida suvni isitish, turar-joy, fuqarolik va sanoat binolari va kommunal obyektlarni issiqlik bilan taʼminlashda qoʼllaniladi.
Modelning analoglardan afzalligi issiqlikni to’plash samaradorligini oshirish va issiqlik qabul qiluvchi panellarni demontaj qilish va yig’ishda qulaylikni ta’minlashdan iborat.
Foydali model muallifi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Fizika-texnika institutiga FAP 01691 raqamli patent berildi.