Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi binoni auksion savdosiga qoʻydi.
Uch qavatli ombor binosi 1966−1990-yillarda qismlarga boʻlib qurilgan. Obyekt 0,6 gektar maydonda joylashgan.
Binoning umumiy maydoni 13 566 kv.metr, shundan foydalanishga yaroqli maydoni 11 056 kv.metrni tashkil etadi. Binoda elektr va suv bor, lekin gaz va kanalizatsiya mavjud emas.
Lotning boshlangʻich bahosi — 37,5 mlrd soʻm. Savdolar 30-dekabrga belgilangan, arizalar 28-dekabrgacha qabul qilinadi.
Joriy yilning sentyabr oyida xoʻjalik sudi qarori bilan lot sotuvga qoʻyilgan (4−1001−2107 / 20995-sonli ijro hujjati).
Avvalroq MIB Toshkentdagi Venetsiya restorani binosini sotuvga qoʻygan edi.