Google 2022-yilda aqlli soatlarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Kompaniya xodimlarini qurilmalarni sinab koʻrish va fikr-mulohazalarini bildirish uchun taklif qildi.

Google soati dumaloq shaklga ega. Apple Watch kabi u qadamlarni yozib oladi, salomatlik koʻrsatkichlarini kuzatib boradi va yurak urish tezligi monitoriga ega boʻladi, deb yozadi Insider manbalar kompaniyaning ichki hujjatlariga tayanib.

Google bu maʼlumotga izoh berishdan bosh tortdi.

Soat Pixel Watch va “Android Watch” deb nomlanishi mumkin, 2021-yilda kompaniya qurilma ustida ishlashni tezlashtirdi va xodimlarni uni sinab koʻrish va fikr-mulohazalarini bildirish uchun taklif qildi. Soat 2022-yilning bahorida “sinovning oxirgi bosqichi muvaffaqiyatli oʻtsa” sotuvga chiqishi mumkin.

Google kompaniyasining Pixel Watch qurilmalarini chiqarish niyati 2019-yilda maʼlum boʻlgandi. 2019-yilning noyabr oyida kompaniya fitnes-treker va aqlli soatlar ishlab chiqaruvchi Fitbitni $2,1 mlrd ga sotib oldi.