Toshkentdagi qurilishi tugallanmagan binoning bir qismi auksion savdosiga qoʻyildi.

Lot Yashnobod tumanida joylashgan binoning birinchi qavati boʻlib, bino qurilishi 2019-yilda boshlangan, hozirda 8 qavatdan 6 tasi qurib bitkazilgan.

Birinchi qavatda 22 ta xona mavjud. Bino maydoni 1802 kv.metr, shundan foydali maydoni 1594 kv.metrni tashkil etadi.

Lot “Turkiston” bankining Yunusobod filiali tomonidan sotuvga qoʻyilgan. Uning boshlangʻich bahosi — 10,18 mlrd soʻm. Auksion 30-dekabr kuni boʻlib oʻtadi, arizalar 28-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.