Hukumat qaroriga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan 1-martgacha yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish boʻyicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.

2022-yil 1-martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron tizim orqali oʻtkaziladi.

Qaror bilan tenderni oʻtkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi. Nizomda tender takliflariga qoʻyiladigan talablar, gʻoliblarni aniqlash, shartnoma tuzish va boshqa qoidalar belgilandi.

Xabarda aytilishicha, 2022-yil 1-iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Avvalroq Spot avtomobil oldi-sotdisini rasmiylashtirganlik uchun toʻlov miqdori kamaytirilishi haqida yozgan edi.