Markaziy bankning xabar berishicha, yanvar-noyabr oylari davomida soʻm almashuv kursi 10449−10787 soʻm/AQSh dollari oraligʻida tebrandi.

Bunda, noyabr oyida tashqi sharoitlar oʻzgarishiga javoban soʻm almashuv kursi devalvatsiya surʼatlari biroz tezlashdi va yil boshidan 3% ga qadrsizlandi.

Mamlakatimizga kirib kelgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 11 oyda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 35% ga oʻsib, $7,3 mlrd ga yetdi va aholining isteʼmol talabini qoʻllab-quvvatlovchi omillardan boʻlmoqda.

Avvalroq Spot 9 oyda O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi $5,7 mlrd ga yetganligi haqida yozgan edi.