Google Play Games orqali foydalanuvchilar telefon, planshet yoki Chromebookda orqali Android oʻyinlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi. Ilova Windows 10 va undan keyingi versiyalarda ishlaydi, deya xabar bermoqda “The Verge”.

2022-yildan boshlab geymerlar oʻzlarining sevimli Google Play oʻyinlaridan koʻproq qurilmalarda bahramand boʻlishlari mumkin boʻladi.

Kompaniya Google Play Games’ni mustaqil ravishda — Microsoft, BlueStacks yoki boshqa kompaniyalar ishtirokisiz yaratdi, deya ta’kidladi Google vakili.

Avvalroq Spot Qozogʻistonda Google Pay toʻlov xizmati ishga tushirilganligi haqida yozgan edi.