Oʻzbekiston bozorlarida kartoshka va sabzi narxlari oshgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Qoʻmita tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qilindi.

Oʻtgan hafta holatiga koʻra narxlar quyidagichani tashkil etdi:

  • suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45 000 — 68 000 soʻm;
  • qoʻy goʻshti (1 kg) -52 000 — 80 000 soʻm;
  • kartoshka (1 kg) — 3 000 — 7 500 soʻm;
  • piyoz (1 kg) — 1 200 — 4 000 soʻm;
  • sabzi (1 kg) — 1 000 — 5 500 soʻm;
  • tuxum (10 dona) — 7 000 — 15 000 soʻm;
  • guruch (1 kg) — 5 000 — 17 500 soʻm;
  • oʻsimlik yogʻi (1 l) — 14 000 — 24 000 soʻm;
  • shakar (1 kg) — 7 800 — 10 500 soʻm.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonda noyabr oyida inflyatsiya yillik 10,3% ni tashkil etganligi haqida yozgan edi.