Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari tadbirkorlik faoliyati boʻyicha navbatdagi monitoring natijalarini eʼlon qildilar.

Unga koʻra, joriy yilning 1-yanvaridan 31-noyabrgacha boʻlgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 28,6% ga oshdi. Berilgan kreditlar hajmining eng yuqori oʻsishi Toshkent (38,4%), Buxoro (39,2%), Namangan (28,7%), Surxondaryo (23,9%), Samarqand (22,4%) viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (8,9%) kuzatilmoqda.

Shuningdek, bu davrda 89 886 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, ularning eng koʻpi Qashqadaryo (8 601 ta), Samarqand (9 895 ta), Fargʻona (8 343 ta), Toshkent (7 260 ta) viloyatlarida va Toshkent shahrida (15 057 ta) roʻyxatga olingan.

Bundan tashqari, tahlil qilinayotgan davrda Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 61,6% ga oshdi. Birja faolligining sezilarli darajada oʻsishi Buxoro (95,9%), Toshkent (73,6%), Namangan (64,2%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,2 barobar) kuzatilmoqda.

Avvalroq Spot 11 oy ichida soliq tushumlari boʻyicha eng yuqori oʻsish Xorazm viloyatida qayd etilganligi haqida yozgan edi.