“vc.ru"ning yozishicha, Meta xodimlari CNBC ga Instagramning faol foydalanuvchilari soni 2 mlrd ga yetganligini aytishgan. Ijtimoiy tarmoq Facebook nomini 2021-yil oktabr oyida Meta deb oʻzgartirishdan bir hafta oldin muhim bosqichga erishdi, dedi manbalardan biri.

Instagram 2018-yil iyunidan beri faol foydalanuvchilar sonini oshkor etmayapti. Nashr buni Metani odamlarga haddan tashqari taʼsir qilishda ayblagan rasmiylarning eʼtiborining ortishi bilan bogʻlaydi.

2021-yil sentyabrida WSJ Instagram algoritmlari va boshqa Meta loyihalari ishi boʻyicha tekshiruvni eʼlon qildi. Bu shuni koʻrsatadiki, bir guruh tadqiqotchilar uch yil davomida ijtimoiy tarmoq psixikaga qanday taʼsir qilishini oʻrganishgan. Shundan soʻng AQSh senatorlari Instagramning oʻsmirlarga taʼsiri boʻyicha tekshiruv oʻtkazilishini eʼlon qilishdi.

Avvalroq Spot Instagram foydalanuvchilar “tirik” ekanini videoselfi orqali tasdiqlashni haqida yozgan edi.