Prezident qarori loyihasiga koʻra, xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishining oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) koʻrsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, teng raqobat sharoitini yaratish maqsadida xususiy tibbiyot muassasalariga haydovchilarni va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat beriladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va utilizatsiya qilish hamda qayta ishlash xizmati sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tarkibidagi davlat unitar korxonalari xususiy sektorga oʻtkaziladi. Bunda, qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish xizmatini bosqichma-bosqich jahon tajribasi asosida chiqindi tarkibidan kelib chiqib alohida yigʻish koʻzda tutilgan.

Maishiy chiqindilarni tashish va qayta ishlash xizmatlariga xususiy sektorni davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida jalb qilish ham nazarda tutilgan.

Avvalroq Spot 4 oy ichida Rossiyadan Oʻzbekistonga $1,01 mlrd yuborilganligi haqida yozgan edi.