Bank sohasidagi vakansiyalar: “Anor Bank”, “Orient Finans Bank” va “O‘zmilliybank” mutaxassislarni qidirmoqda

Spot O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklardagi bo’sh ish o’rinlarini o’rganib chiqdi. Umumiy hisobda, lavozimlar bo’yicha nomzodlardan 3 yildan 6 yilgacha, 1 yildan 3 yilgacha ish tajribasi bo’lishi talab etilmoqda. Ayrim ish o’rinlari uchun tajriba talab etilmaydi. O’rtacha oylik ish haqi 3,5 mln so’mdan boshlanadi.


Foto: Markaziy bank yangi 50 va 100 ming soʻmlik banknotalar tasvirlarini eʼlon qildi

Yangi koʻrinishdagi 50 ming va 100 ming soʻmlik kupyuralar 2021-yilning 22-dekabridan boshlab muomalaga chiqariladi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Ilon Mask karbonat angidridni raketa yoqilgʻisiga aylantirib, uni Marsdagi parvoz uchun ishlatmoqchi. Dastur atmosferasi asosan karbonat angidriddan iborat boʻlgan Marsga parvozlar uchun foydali boʻladi.
  2. Oʻzbekiston Xitoydan 4 mingga yaqin yuk avtomobillarini import qildi. Ayni paytda Oʻzbekistonda aholiga tegishli boʻlgan 168 810 ta yuk avtomobillari bor.
  3. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari maʼlum qilindi. Yoqilgʻi mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashishi hamda milliy valyuta kursining qadrsizlanishi kelgusida narxlar oshishiga asosiy omillar sifatida keltirilgan.
  4. Rossiyada UzAuto Motors avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerda yong‘in sodir bo‘ldi. Yongʻin oqibatida 3 ta avtomobil zarar koʻrgan.
  5. Ofis ijarasi boʻyicha dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi eʼlon qilindi. Nyu-Yorkdagi Midtaun Hong-Kong bilan birgalikda birinchi oʻrindan joy oldi.
  6. Qishloqlarda yangidan o‘rnatiladigan aloqa operatori stansiyalari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etiladi
    Shuningdek, yangi mehmonxona, dam olish maskanlari uch yil davomida mol-mulk va yer soligʻini 2 barobar past stavkada toʻlaydi.
  7. Odamlar Telegramni xavfsiz ekanligi uchun tanlagan — Pavel Durov oʻzining kanalida post qoldirdi
    Spot oʻsha postni oʻzbek tilida havola etadi.
  8. Urganchda alohida yoʻlakda harakatlanuvchi tezyurar avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi
    Bekatlar yopiq koʻrinishda boʻladi va chipta sotiladigan kassalar bilan taʼminlanadi.
  9. MIB Yunusoboddagi baza va idora binolarini auksionga qoʻydi. Lotning boshlangʻich bahosi — 10,15 mlrd soʻm. Auksion savdolari 14-yanvar kuni boʻlib oʻtadi, ariza topshirishning oxirgi muddati 12-yanvar.
  10. TikTok zararli boʻlsa, uni foydali resursga aylantirish lozim — Komil Allamjonov
    Allamjonovning fikricha, TikTok kabi platformalar faoliyatini cheklash emas, ular bilan yaqin muloqotga kirishish barcha uchun manfaatli boʻladi.