Uzbekistan Airwaysʼning xabar berishicha, 24-dekabrdan boshlab Hindiston poytaxti Dehliga aviaqatnovlar soni oshirilmoqda. Parvozlar haftasiga ikki martaba — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya xabariga koʻra:

  • HY 421 Toshkent — Dehli (Toshkent vaqti bilan): joʻnab ketish — 02.15, manzilga yetib borish — 05.45.
  • HY 422 Dehli — Toshkent (Dehli vaqti bilan): joʻnab ketish — 08.15, Toshkentga yetib kelish — 10.45.

Mazkur yoʻnalish boʻyicha bir tomonga aviachiptalar narxi 2 282 850 soʻm (bagajsiz) va 2 612 459 soʻm (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish boʻyicha aviachiptalar 3 922 586 soʻm (bagajsiz) va 4 435 311 soʻm (bagaj bilan birga) etib belgilangan.

Narxlar 17.12.2021 holatiga koʻrsatilgan.

Avvalroq Spot Soʻxga muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilgani haqida yozgan edi.