Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi koʻchmas mulk bozori faollik darajasini tahlil qildi.

Shaharlar kesimida uy-joy narxlarining eng baland qiymati Toshkent (1 kv metr uchun $753), Samarqand ($553) va Navoiy ($418) shaharlarida, nisbatan pastroq narxlar esa Nukus ($277), Qarshi ($289) va Guliston ($289) shaharlarida qayd etildi.

Toshkent shahrida oʻtgan oyga nisbatan ikkilamchi bozorda oʻrtacha uy-joy narxlari 1,3% ga oʻsdi.

Uy-joy narxlarida eng katta oʻsish Mirzo Ulugʻbek (3,5%) va Mirobod (3,2%) tumanlarida kuzatilgan boʻlsa, nisbatan pastroq oʻsish surati Uchtepa (0,1%), Bektemir (0,7%) va Yashnobod (-0,6%) tumanlarida qayd etildi.

Avvalroq Spot respublika boʻyicha ikkilamchi bozorda uy-joy narxlari oʻtgan oyga nisbatan oʻsganligi haqida yozgan edi.