Yangi yil bayrami arafasida yoʻlovchilarga, ayniqsa, talabalarga yanada koʻproq qulaylik yaratish maqsadida 2021-yil 27-hamda 29-dekabr kunlari “Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Taʼkidlanishicha, mazkur poyezdlar ushbu kunlari soat 23:00 da Toshkent janubiy temir yoʻl vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Avvalroq Spot Buxoro va Xiva oʻrtasida Afrosiyob poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.