Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan bino auksion savdosiga qoʻyildi.

Zarqaynar koʻchasi, Chorsu bozori yonidagi uch qavatli savdo-maishiy majmua haqida 2007-yilda qurilgan boʻlib, bino 48 ta xonadan iborat, ularning aksariyati chakana savdodir. Birinchi qavatda 65−70 kv.metr boʻlgan 5 ta yirik doʻkon, ikkinchi va uchinchi qavatda har biri 12−24 kv.metr boʻlgan 40 ta doʻkon mavjud.

Obyekt 4,7 gektar maydonda joylashgan. Umumiy foydali maydoni — 1337 kv.metr. Elektr, suv va kanalizatsiya bor, lekin gaz mavjud emas.

Lotning boshlangʻich bahosi — 8,9 mlrd soʻm. Auksion 9-fevralga belgilangan, arizalar 7-fevralgacha qabul qilinadi.

Avvalroq Spot Qushbegida joylashgan binolar majmuasi 10 mlrd soʻmga auksionga qoʻyilgani haqida yozgan edi.