12-yanvar, chorshanba kuni bir qancha banklar dollar kursini oshirdi.

Oʻzbekistondagi deyarli barcha banklar AQSh valyutasini 10 910 soʻmdan sotmoqda. Sotib olish narxi 10 800 — 10 890 soʻm oraligʻida.

Dollarni eng arzon narxda — 10 890 soʻmdan “Asakabank” sotmoqda. Eng qulay xaridni “Poytaxtbank” — 10 895 soʻmdan, “Kapitalbank” va “Invest Finance Bank” esa — 10 890 soʻmdan taklif qilmoqda.

Bungacha dollar dekabr oyi oʻrtalarida uch kun ketma-ket rekordlarni yangilab, 15-dekabrda 10 900 soʻmga yetgan edi. Biroq keyin kurs “sakrab” ketdi va 24-dekabr kuni yana bu darajadan birdaniga 40 soʻmga tushib ketdi.

Banklararo kurs Markaziy bankning 7-yanvardan oʻsishni qayta boshlagan kursidan keyin oʻsib bormoqda. Bir kun avval, 11-yanvar kuni u birdaniga 15 soʻmga qimmatlashdi.

Avvalroq Spot 2021-yilda eng qulay dollar kursini taklif qilgan banklar reytingi bilan boʻlishgan edi.