IT Park rezidenti “SmartChain” mobil ilovasi “UnoAR” bilan Islandiyadagi Appstore’ning eng ommabop ilovalar ro‘yxatida yuklab olishlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

“UnoAR” — bu ilova, foydalanuvchilarga quyidagilarga imkon baradi:

  • video, 3D-modellar va tovush koʻrinishdagi qiziqish obyektlari haqida qoʻshimcha maʼlumot olish;
  • oldindan oʻrnatilgan koʻrgazmalar, diqqatga sazovor joylar yoki sahna koʻrinishlari boʻylab joylarni oʻzgartirish;
  • harakatlarni oldindan koʻrib chiqish va boshqalar.

“SmartChain” kompaniyasi 2018-yildan buyon innovatsion texnologiyalar ustida ishlamoqda, to‘ldirilgan reallik yo‘nalishida qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

“Bizning jamoamiz hamkorimiz uchun „UnoAR“ nomli eksklyuziv va moslashtirilgan mahsulotni yaratdi, u „SmartChain“ kompaniyasining eng yaxshi texnologik yechimlari va ishlanmalarini o‘z ichiga oladi. Birinchi mijoz elektronika sohasidagi eng yirik riteylerlardan biri edi”, — dedi “SmartChain” IT-Kompaniyasining direktori Bobur Rahimov.

Qolaversa, “SmartChain” ning yirik loyihalaridan biri bu “Nazzar” — kengaytirilgan reallik elementlarini har qanday moddiy vositaga birlashtira oladigan innovatsion dastur. Smartfoningizni NazzAR belgisi ustiga olib borganingizda, smartfon ekranida turli effektlar bilan to‘ldirilgan haqiqiy obyektning tasviri paydo bo‘ladi.

“Nazzar” ilovasidan O‘zbekistondagi muzeylarda foydalanish mumkin. Ilovani oʻrnatganingizdan soʻng siz muzeyga borib, koʻrgazmalar, tarixiy faktlar haqidagi hikoyalarni tinglashingiz mumkin, hamda, interaktivni koʻrishingiz mumkin.

Ushbu funksiya qaysi muzeylarda mavjudligini bilib oling: https://nazzar.uz/location/