Visa kompaniyasi “ConsenSys” nomli blokcheyn-ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlikda platforma ishlab chiqdi va 2022-yilning bahorida ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vc.ru nashri xabar beradi.

Bloomberg ta’kidlashicha, kompaniya butun dunyo bo’ylab 30 ta markaziy banklar bilan hamkorlik qilmoqda, chunki ular raqamli valyutalarni chiqarishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Loyiha muhokamasida qaysi davlatlar ishtirok etayotgani aytilmagan.

Kelajakda Visa mijozlari markaziy bank raqamli valyutalariga bog‘langan plastik kartalar va elektron hamyonlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: ConsenSys blokcheyn ekotizimlarini ishlab chiqish vositalarini yaratishga ixtisoslashgan. Kompaniya Avstraliya, Fransiya, Gonkong va Tailanddagi banklarga davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan raqamli valyutalarni yaratish va sinovdan o’tkazishda yordam berdi.