Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.

2022-yil 12-yanvar holatiga koʻra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

  • suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45 000 — 68 000 soʻm;
  • qoʻy goʻshti (1 kg) — 54 000 — 80 000 soʻm;
  • kartoshka (1 kg) — 3 000 — 8 000 soʻm;
  • piyoz (1 kg) — 1 500 — 4 000 soʻm;
  • sabzi (1 kg) — 1000 — 4 500 soʻm;
  • tuxum (10 dona) — 7 000 — 14 000 soʻm;
  • guruch (1 kg) — 5 000 — 17 500 soʻm;
  • oʻsimlik yogʻi (1 l) — 14 000 — 24 000 soʻm;
  • shakar (1 kg) — 7 500 — 10 500 soʻm.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Avvalroq Spot meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi haqida yozgan edi.