2022-yil yanvar oyi bo’yicha O’zbekiston banklaridagi eng daromadli omonatlar

Maksimal foiz stavkasi 23% ni tashkil etadi. Aksariyat banklar yillik 20% depozitlarni taklif qilishmoqda.



Yanvar oyidagi eng daromadli onlayn omonatlar

Milliy valyutadagi omonatlarni masofadan turib ro‘yxatdan o‘tkazish 23 ta bankda mavjud bo‘lib, ulardan 8 tasida o‘rtacha 22% stavka taklif etiladi.


“Asakabank” qarzdorlik sabab 2 ta koʻchmas mulk obyektini auksion savdosiga qoʻydi

Bu birinchi qavatdagi ofis, shuningdek, uchastkaga ega bino. Obyektlar garov bilan sotiladi.


Boshqa yangiliklar:

  1. Buxoro, Fargʻona va Toshkentda yirik maʼlumotlarni saqlash hamda qayta ishlash markazlari quriladi. Shuningdek, taʼlim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Megabit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati ega boʻladi.
  2. Dunyodagi eng boy kriptoinvestor kim ekanligi aniq bo’ldi. Bu Binance kriptobirjasi asoschisi Chanpen Chjao bo’lib, uning shaxsiy tokeni 2021-yilda 1300% o’sgan.
  3. Alisher Usmonovga aloqador kompaniya “Kapitalbank"dagi ulushini 25 foizgacha oshirdi. “Телекоминвест” oʻtgan yilning noyabr oyida sotib olgan 16,67% dan tashqari, birjada bank aksiyalarining 8,33%ini ham sotib oldi.
  4. “Uzbekistan Airways” Qozogʻistonga qatnovlarni tikladi. Kompaniya yoʻlovchilarga ayrim qoidalar, xususan, qoʻshni davlatga kirishi boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar bilan tanishish kerakligini soʻragan.
  5. Noʻkis vinzavodi aksiyalarining nazorat paketi sotildi, xaridor “karatau” ishlab chiqaruvchisi. 2020-yildagi daromad $13,9 mln, yalpi foyda $3 mln va sof daromad $1,3 mln ni tashkil etdi.
  6. “Visa” raqamli valyutalarni sinovdan o’tkazuvchi platformani ishga tushiradi. Mastercard xuddi shunday platformani 2020-yilning kuzida yaratgan edi.
  7. Oʻzbekiston — Tojikiston yoʻnalishidagi avtobus qatnovi qayta yoʻlga qoʻyilishi mumkin. O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy tansport koridori ham rivojlantiriladi.
  8. Toshkent yaqinida 240 MVt quvvatga ega IES ishga tushdi. U Turkiya kompaniyasi tomonidan bir yarim yildan koʻproq vaqt davomida qurilgan. Loyiha $150 mlnga tushdi.
  9. Oʻzbekistonda 2021-yilda YaIM oʻsishi 6,2 foizga yetdi — Jahon banki. Global iqtisodiy oʻsish 2021-yildagi 5,5% dan 2022-yilda 4,1% gacha va 2023-yilda 3,2% gacha sekinlashishi kutilmoqda.
  10. Twitterʼning sobiq rahbari Jek Dorsi bitkoin ishlab chiquvchilari uchun yuridik yordam fondini yaratmoqchi
    Jamgʻarma advokatlarni qidirish va sudda himoya qilishda yordam beradi, shuningdek, sud xarajatlarini qoplaydi.