Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2021-yil uchun hududlarning ishbilarmonlik faoliyatini tahlil qildi.

Tahlil etilayotgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi 27,7% ga oshdi. Berilgan kreditlar hajmining eng yuqori oʻsishi Toshkent (45,3%), Namangan (28,7%) viloyatlari va Toshkent shahrida (40,4%) kuzatildi.

Tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar hajmining oshishi investitsiya muhiti va tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatining bosqichma-bosqich takomillashib borayotganidan dalolat beradi, deyiladi hisobotda.


Bu davrda 96 505 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, ularning eng koʻpi Samarqand (10 475), Qashqadaryo (8 958), Fargʻona (8 799), Toshkent (7 704) viloyatlarida va Toshkent shahrida (16 140) roʻyxatga olingan.

Tahlil qilinayotgan davrda Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 62,2%ga oshdi. Birja faolligining sezilarli darajada oʻsishi Buxoro (94,0%), Toshkent (70,7%), Xorazm (66,2%), Sirdaryo (64,4%), Namangan (62,3%), Qashqadaryo (60,5%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,3 barobar) kuzatilmoqda.

Avvalroq Spot oʻtgan yili soliq tushumlari hajmi 23 foizga oshganligi haqida yozgan edi.