27-yanvar kuni ertalab soat 9:00 dan boshlab shaharlararo yoʻnalishlar boʻylab, shuningdek, aksariyat hududlarda avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari ishlay boshlaydi.

Energetika vazirligi xabariga koʻra, ayni damda Toshkent, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari bundan mustasno boʻlib, ushbu hududlarda gaz taʼminotining ish rejimini tiklash ishlari olib borilmoqda.

“Ertaga ertalabdan boshlab respublikamizdagi barcha gaz toʻldirish shoxobchalari ish faoliyatini tiklash rejalashtirilmoqda”, deyiladi vazirlik maʼlumotida.

Avvalroq, Oʻzbekistonda gaz zapravkalar faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilgandi.