Xalqaro konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichi 48% dan 62% gacha ekanligi aniqlandi.

2020-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 48%i soyada ekanligi aytilgandi. Bu yashirin iqtisodiyot hajmi 245 trln so‘mga teng degani.

Biroq agentlik mas’uli 2021-yil uchun aniq raqam aytmadi.

Shuningdek, transport, qishloq xo‘jaligi tashqi savdo va kichik biznes va boshqa bir necha sohalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgani ma’lum qilindi.

2022-yil 22−25-mart kunlari Toshkentda Xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilishi reja qilingan.

Bundan tashqari, Jahon banki bilan hamkorlikda 2030-yilgacha investitsiyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish rejasi ham joriy yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.