Meta Platforms aksiyalarning keskin pasayishi tufayli bozor qiymati boʻyicha dunyodagi eng yirik 10 ta kompaniya qatoridan chiqib ketdi.
Bozor qiymati $1 trln dan ortiq boʻlgan dunyodagi sobiq oltinchi yirik kompaniya payshanba kuni savdoda $565 mlrd ga baholandi va Tencent Holding Ltd. dan keyingi 11-oʻringa tushib qoldi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Oʻtgan yilning sentyabr oyidagi eng yuqori choʻqqisidan beri Meta bozor qiymatidan $500 mlrd dan koʻproq yoʻqotdi. Payshanba kuni foydalanuvchilarning oʻsishi toʻxtab qolgani aniqlangach, daromad hisoboti eʼlon qilinganidan soʻng kompaniya aksiyalari yanada koʻproq qiymatini yoʻqotdi.
Meta kompaniyasining aksiyalar narxining pasayishi natijasida koʻrgan yoʻqotishlari S&P 500 indeksiga kiritilgan barcha kompaniyalarning bozor kapitallashuvidan oshib ketadi.
Ilgari Meta egallab turgan reytingning oltinchi oʻrnida endi bozor qiymati $906 mlrd boʻlgan Tesla Inc. bormoqda. Uorren Baffetning $700 mlrd dlik Berkshire Hathaway Inc. firmasi yettinchi, uning ortida esa $613 mlrd bilan mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi NVIDIA turibdi. Reytingning bozor qiymati boʻyicha soʻzsiz yetakchilari — Apple ($2,8 trln) va Microsoft ($2,2 trln) boʻlib turibdi.