Air Astana aviakompaniyasi Rossiya hududidagi barcha tijorat reyslarini toʻxtatdi.

“Aviakompaniya parvozlarni tezroq tiklash masalasida Qozogʻiston hukumati bilan birgalikda ish olib boradi. Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilaridan toʻlovlarni qaytarib olish uchun xarid joyiga murojaat qilishlarini soʻraymiz. Pullarni qaytarish toʻliq hajmda amalga oshiriladi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Avvalroq Spot Oʻzbekistondan Rossiyaning ikkita shahriga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.