“Uzbekistan Airways"ning xabar berishicha, Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent va Urganch — Sankt-Peterburg — Urganch yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlar 2022-yilning 16 va 23-mart kunlari, Urganch — Sankt-Peterburg — Urganch yoʻnalishi boʻyicha esa 17, 20 va 23-mart kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 2022-yil 19 va 26-martda Toshkent — Vladivostok — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlar joriy etiladi.

Toshkent — Vladivostok yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 3 719 248 soʻmdan (bagajsiz) va 7 183 319 soʻmdan (bagaj bilan), Toshkent — Vladivostok — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa 4 424 116 soʻmdan (bagajsiz) va 8 488 898 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Avvalroq Spot Toshkentdan Moskva va Sankt-Peterburgga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi haqida yozgan edi.