Tadbirkorlikni cheklovchi ayrim harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi
Litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyadan o‘tkazish va ruxsat berish vakolati berilgan davlat unitar korxonalari yoki muassasalari, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobatni cheklaydigan qarorlar qabul qilish va boshqalar.
Norezident jismoniy shaxslar uchun daromad solig’i 12% etib belgilandi
2022-yil 1-iyuldan ayrim soliq (QQS, AOS, JSHODS, foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslar mol-mulk va yer solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq,aksiz solig‘i, ijtimoiy soliq) va bojxona imtiyozlari bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
Respublika boʻyicha yangi avtomobillar xarid qilishda eng yuqori oʻsish Fargʻonada qayd etildi
Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Navoiy va Andijon viloyatlarida pasayish kuzatildi.
Twitter sarmoyadori Ilon Maskni sudga berdi
Sabab Ilon Mask kompaniya aksiyalarini sun’iy tushirilgan narxlarda sotib olganligi va bu haqda belgilangan muddatda ommaga xabar bermaganligidir.
“Greenhouse Company” ta’sischisi Murat Barayevdan tadbirkorlar uchun maslahatlar
Xorazmdagi yirik issiqxona ta’sischisi va rahbari Spot’ga yosh biznesmenlar uchun muhim bo’lgan jihatlarni va kerakli maslahatlarni aytib o’tdi.
Shuningdek, boshqa yangiliklar:
- 1-maydan yangi Yo’l harakati qoidalari amalga kiritiladi. Endilikda aholi punklarida harakatlanish tezligi 70 km, maktab va bog’cha atrofida 30 km, turar-joy dahalarida esa 20 kmdan oshmasligi kerak.
- “Uzbekistan Airports” aeroportlari xususiy sektorga DXSh asosida boshqaruvga beriladi. 2022-yil 1-iyunga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni transformatsiya qilish, rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
- Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilindi. Qarorga ko’ra, ishlab chiqaruvchining dori vositalariga belgilangan cheklangan sotish narxi BHMning 1%dan yuqori boʻlmagan dori vositalariga raqamli markirovka kodlari bepul taqdim etish tartibi oʻrnatildi.
- Mobil ilova yaratuvchilar uchun tanlov e’lon qilindi. Sovrinlarning umumiy jamg’armasi 89 mln so’mni ($8000) tashkil etadi.
- Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksion orqali sotishda uch yilgacha bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi. Bu Prezidentning yangi farmonida aks etgan.
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Dastlab beshta yoʻnalishni ishga tushirish rejalashtirilgan, chipta narxi 60 000 soʻmdan boshlanadi.
- Ipoteka bankning xususiylashtirish jarayoni kechiktiriladi. Vengriya rasmiylari to’lov muddatini 2−3 oyga cho’zishni so’rab murojaat qilishgan.
- Farmatsevtika sohasi tubdan isloh qilinadi. Jumladan, bir oy muddatda kichik sanoat zonalarida infratuzilmani yaxshilashga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
- Volontyorlik faoliyati bilan bog‘liq elektron platforma ishga tushadi. Yoshlar ishlari agentligi ushbu platforma faoliyati va uning doimiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydi.
- Boshlangʻich .Net dasturchilari uchun bepul trening bo’lib o’tadi. Kurs davomiyligi 2-maydan 24-iyungacha. Ishchi tillar rus va ingliz.
- Moda startaplari uchun xalqaro inkubator dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Loyiha 18 yoshga to‘lgan, biznes g‘oyasi yoki mavjud biznesiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun. Dasturda ishtirok etish uchun 15 nafar ishtirokchi tanlab olinadi. Arizalar 30-aprelgacha qabul qilinadi.
- Xalqaro valyuta fondi O’zbekiston iqtisodiyoti bo’yicha prognoz taqdim etdi. Unga ko’ra, iqtisodiy o’sish 2022-yil uchun 3−4% ni tashkil etadi. Oldin bu ko’rsatgich 6% edi.
- Yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari bir oyda oʻrtacha 0,7% ga oshgan. Shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 2,1% ga qimmatlashgan. Bir oy davomida metro, tramvay va shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlarida oʻzgarish kuzatilmagan.
- Maktab oʻquvchilari va talabalar uchun dasturlash boʻyicha musobaqa bo’lib o’tadi. Eng yaxshi loyiha ishtirokchilari noutbuk, planshet va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
- “Oʻzbektelekom” ni IPOga chiqarish bo’yicha topshiriq berildi. Joriy yilda kompaniyaning operatsion xarajatlari va tannarxini 15 foizga qisqartirish, iyul oyida xalqaro reyting olishini ta’minlash va kelgusi yil martda kompaniyani IPOga chiqarish boʻyicha topshiriqlar berildi.
- Endilikda jismoniy shaxslar ham bankrot deb topilishi mumkin. Jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida sudga ariza bergan arizachi tomonidan moliyaviy boshqaruvchiga haq to‘lash uchun sudning depozit hisobvarag‘iga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida oldindan pul mablag‘lari o‘tkaziladi.
- TTZ zavodi 2023-yil yanvardan to’liq ishga tushadi. Yil yakunigacha Andijonda metall quyish zavodini ishga tushirib hamda 90 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirib, texnikalar tannarxini kamida 12 foizga kamaytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.
- Gruziyaga yangi aviaqatnovlar yo’lga qo’yiladi. Uzbekistan Airways Batumi shahriga parvozlar ochilishi haqida xabar berdi.
- 2026-yilga borib O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari 27 400 megavattga yetkaziladi. 2023-yil yakuniga qadar Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida quvvati 1 500 megavatt, 2024 yil yakuniga borib esa Surxondaryo viloyatining Angor tumanida quvvati 1 560 megavatt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
- 1-iyundan tadbirkorlar uchun soliq ma’murchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtiriladi. Shuningdek, aylanmasi 1 milliard soʻmdan oshgan tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasi dastlabki oʻrganishsiz, avtomatik tarzda beriladi.