Aprel oyining boshida Ilon Mask Ilon Mask Twitter kompaniyasi aksiyalarini sotib olganligi haqida ma’lumqilgan edi. Shundan so’ng sarmoyadorlar vaqtida oshkor etmaganligi uchun Maskni sudga berishgan edi.

Mask va unga aloqadorlar mavzu yuzasidan izoh berishmagan. 15-aprel kuni esa Ilon Mask Twitterni har bir aksiyasi uchun $54,2 qiymatni taklif etdi.

Agar bu kelishuv ro’y bersa Twitterning umumiy qiymati $43 mlrdga baholanadi. Tadbirkor sotib olish tenderini moliyalashtirish uchun o‘z mablag‘idan $10−15 mlrd sarmoya kiritishga tayyor ekanligi haqida xabar berilmoqda.

Endi Mask moliyalashtirish uchun investorlarni faol izlamoqda, biroq potensial hamkorlar tadbirkorning oldindan aytib bo’lmaydigan xatti-harakati va uning bahslashishga moyilligi tufayli ikkilanishmoqda.

Mask, shuningdek, kompaniyadagi ulushini kafolatlagan holda bir necha milliard kredit olishga tayyor. Manbalarga ko’ra, qo’shma investorlar Maskning o’ziga qaraganda ko’proq kapitalga ega bo’ladi, ammo u eng yirik aksiyador bo’ladi.

Shu bilan birga, Yahoo’ga egalik qiluvchi Apollo investitsiya kompaniyasi Twitter’ni sotib olishda ishtirok etish imkoniyatini o‘rganmoqda. U Maskga qarz berishi yoki boshqa samarador xaridorlarga qarz berishi mumkin. Qiziquvchilar orasida Thoma Bravo investitsiya kompaniyasi ham bor.