“Uzbekistan Airways"ning xabar berishicha, Toshkent — Mineralniye Vodi — Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha parvozlar soni oshirilmoqda.

Ayni paytda aviaqatnovlar muntazam ravishda yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda, 2022-yil 4-maydan boshlab chorshanba kunlari ham parvoz joriy etiladi.

Kompaniya, shuningdek, aviachiptalarni rasmiy saytdan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligini eslatgan.

Avvalroq Spot Seulga parvozlar soni oshirilgani haqida yozgan edi.