O‘zbekiston IT sohasida raqobatbardosh mamlakatga aylana oladimi

Hukumat 2028-yilga kelib IT eksportini $1 mlrd.ga yetkazishni maqsad qilgan.


Oʻzbekiston bank sohasidagi muammolar va ularning yechimi. Ekspert fikri

Asosiy muammolar sifatida sohada davlat ulushining yuqoriligi, toʻlov kartalaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligi keltirilgan.


O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir etuvchi omillar

Inflyatsiya ko’rsatkichini past darajada ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili hisoblanadi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Oʻzbekiston rossiyaliklarning xizmat safari bilan eng koʻp boradigan hududiga aylandi. Ularning bu yerdagi biznes safarlari asosan uch kungacha davom etgan.
  2. Buxoroda AQSHga masofaviy xizmat koʻrsatuvchi markaz tashkil etildi. Markazda 50 nafar ishchi oʻrni yaratildi.
  3. Oʻzbekistondagi banklar faollik indeksi yangilandi. “Kapitalbank” birinchi oʻrinni saqlab qoldi. 2022-yil 1-iyun holatiga respublika bank tizimi aktivlari 493,7 trln soʻmni, kreditlar hajmi esa 345,2 trln soʻmni tashkil etdi.
  4. Total Eren O‘zbekistonda 131 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi. U 140 mingga yaqin aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashi kutilmoqda.
  5. Nodavlat sport-taʼlim muassasalariga davlat binolari bepul ijaraga beriladi. Shuningdek, 2026-yilgacha xizmatlar koʻrsatish uchun foydalaniladigan bino va inshootlar ijara toʻlovi xarajatlari 50%ga kamaytiriladi.
  6. Tuman va shaharlarda Ipoteka markazlari tashkil qilinadi. 29 ming nafar aholiga subsidiya uchun 1,2 trln soʻm ajratilgan boʻlsa-da, 8,5 ming nafariga 365 mlrd soʻm (30%) toʻlab berilgan.
  7. Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. Asosiy tushunchalar. 2022−2026-yillarga moʻljallangan strategiya Oʻzbekistonni Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha jahonning 56 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishini bosh maqsad qilgan.
  8. AD Ports Group va SEG O‘zbekistonda yirik logistika klasterini yaratadi. Hamkorlik yangi savdo koridorlarini yaratish imkonini beradi.
  9. Taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga qo‘shiladi. Shuningdek, endilikda majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta amalga oshiriladi.
  10. Koreya Eksimbanki O‘zbekistonga $105 mln yo‘naltiradi. Ushbu mablag‘ dori vositalarining klinik tadqiqotlarini rivojlantirish markazi tashkil etilishiga sarflanadi.