AQSh Moliya vazirligi Rossiya va Belarusga sanksiya qo‘yilgan tovarlarni olib kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga O‘zbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqalarni kiritdi.

Ro‘yxat Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash tarmog‘i (FinCEN) va AQSh moliya vazirligining Sanoat va xavfsizlik byurosi (BIS) tomonidan tuzilgan.

Harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan “tashvish keltiruvchi” tovarlar toifalariga: samolyot qismlari, antennalar, spektrofotometrlar, sinov uskunalari, GPS tizimlari, vakuum nasoslari va boshqalar kiritildi.

Yuqorida qayd etilgan davlatlar bilan bir qatorda Tojikiston, Armaniston, Gruziya, Turkiya, Hindiston, Isroil, Xitoy, Braziliya, Serbiya, Meksika, Nikaragua, Singapur, BAA, JAR, va Tayvan sanksiyalangan tovarlarni Rossiyaga jo‘natish uchun “transport punktlari” deb qayd etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, nazorat qilinadigan tovarlar qonuniy ravishda ushbu davlatlarga xom ashyo sifatida eksport qilinishi mumkin, ammo ularni keyinchalik Rossiya yoki Belarusga “qo‘shimcha yuk tashish punktlari hisobiga” eksport qilish ayrim hollarda taqiqlanadi.

Moliya institutlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli joriy etilgan “jismoniy yoki yuridik shaxslarning eksport nazoratidan qochish urinishlariga nisbatan hushyor bo‘lishga” chaqirilmoqda.