Fargʻona vodiysi viloyatlari uchun yagona boʻlgan yirik aeroport qurilishi mumkin

Fargʻona aeroportini Yevropa va Osiyo oʻrtasida xalqaro tranzit tuguniga aylantirish va qoʻshimcha kargo terminali barpo etish rejalashtirilmoqda



15-iyuldan 200 ming so‘mlik banknot muomalaga chiqarildi

Mazkur banknot mavzusi “Buyuk Ipak yoʻli” hamda mamlakatimiz hududidagi Fargʻona vodiysining qadimiy tarixiga bagʻishlangan



Aholi va tadbirkorlarning inflyatsiya boʻyicha kutilmalari eʼlon qilindi

Aksariyat tadbirkorlar kelgusi 12 oyda inflyatsiyani 9−12% atrofida boʻlishini kutishmoqda.



Twitter Ilon Maskni sudga berdi

Kompaniya uni ijtimoiy tarmoqqa raqobatchi yaratish uchun maʼlumot yigʻishda aybladi.



Oʻzbekistonda platina ishlab chiqariladi

Ushbu metall zargarlar orasida “Rangli metallar malikasi” deya nom qozongan. U sanoatda, xususan, avtomobilsozlikda juda qadrlanadi.



“O‘zbekistonga ko‘chish eng osoni edi” — xorijlik IT-mutaxassislar hikoyasi

“Spot” O‘zbekistonga ishlash uchun ko‘chib kelgan rossiyalik IT-mutaxassislar haqidagi maqolalarni bir joyga jamladi.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Oʻzbekistondan Rossiyaga muntazam avtobuslar qatnovi tiklanmoqda. Narxlar.
  2. DSQ oʻz vaqtida hisobot taqdim etmagan qoraqalpogʻistonlik tadbirkorlarni javobgarlikka tortmaydi. Qoʻmita favqulodda holat davrida soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik boʻyicha javobgarlik choralarini qoʻllamaydi.
  3. Jamshid Xodjayev investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. U 2019-yil yanvar oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
  4. O‘zbekiston Innopromda $70 millionlik shartnomalar imzoladi. Eng koʻp shartnomani Farg‘ona viloyati ishlab chiqaruvchilari qo‘lga kiritdi.
  5. Turkiyaliklarning ishga joylashish maqsadida Oʻzbekistonga tashrifi ortdi. Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolari soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 10,8% ga oshgan.
  6. Jahon banki elektr energetika sektori transformatsiyasiga $380 mln ajratmoqda. Mamlakatdagi elektr uzatish va taqsimlash tarmoqlarining aksariyati o‘z ekspluatatsion resurslarini ishlab bo‘lgan.
  7. Tashkent Cityda qurilayotgan binoning bir qismi auksionga qoʻyildi. Auksion 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
  8. Davlat organlari korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari boʻyicha baholandi. Davlat bojxona qoʻmitasi, DSQ hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faoliyati eng yaxshi deya topilgan.
  9. Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yoʻq — Energetika vazirligi. Biroq vazirlik AGTKShlarning narx siyosatiga taʼsir koʻrsatish imkoniyatiga ega emasligi, ular talab va taklifga qarab narxlarni oʻzlari shakllantirishi mumkinligini aytgan.
  10. O‘zbekistondan yuzdan ortiq mamlakat fuqarolari ko‘chmas mulk sotib olishlari mumkin. Buning uchun ulardan mamlakatda yashash guvohnomasi talab qilinmaydi.
  11. Elektr va gaz narxlari yuridik shaxslar uchun ham oshmaydigan boʻldi. Vazirlar Mahkamasi qarorning amal qilish muddatini kechiktirdi.
  12. Naqd pulga bo‘lgan talab oshmoqda. Buning sababi nimada. 200 000 so‘mlik banknotalarning muomalaga chiqarilishi dollarlashuv darajasini kamayishiga xizmat qilishi mumkin.
  13. Orenburgda Oʻzbekiston mevalar-sabzavot mahsulotlari uchun logistika markazi ochiladi. Shuningdek, viloyatda gʻalla va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish rejalashtirilgan.
  14. Iyun oyida pul bozorida depozit operatsiyalari qisqardi — Markaziy bank. Hukumat xarajatlarining ortishi va Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga intervensiyalari hajmining qisqarishi umumiy likvidlik hajmining oʻsishiga taʼsir koʻrsatdi.
  15. AYoQShlar yoqilgʻi quyishda 60 ming litr kamomadga yoʻl qoʻygani aniqlandi. Respublika boʻyicha aniqlangan qonun buzilish holatlarining asosiy qismi Namangan viloyatida qayd etilgan.
  16. Time O‘zbekistonni sayohat uchun eng zo‘r joylar ro‘yxatiga kiritdi. Qayd etilishicha, mamlakatdagi o‘zgarishlar turistlarning sayohatini osonlashtirmoqda.
  17. Oʻzbekiston FTA va OPEKdan qarz mablagʻlari jalb qilmoqda. FTAdan €150 mln, OPEKdan esa $100 mln miqdoridagi qarz mablagʻlari byudjet xarajatlarini moliyalashtirishga sarflanadi.
  18. Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 14 mingdan oshdi. Davlatlar kesimida eng yuqori ulush Rossiyaga tegishli.
  19. Talab va taklif: “tonirovka” xizmatlari narxi qanday o‘zgardi. Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirib berish narxi 200 ming so‘mdan, orqa va old yon oynalar “tonirovka"si esa 400 ming so‘mdan boshlanmoqda.
  20. Ish bilan band boʻlmagan fuqarolar kasbga oʻqitiladi. Xarajatlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.