Oʻzbekiston II chorakda oltinning eng yirik xaridorlari uchligiga kirdi

Markaziy bank yil boshidagi oltin zaxiralarining qisqarishini toʻliq qopladi.



Yangilangan Soliq kodeksida tadbirkorlar uchun qanday oʻzgarishlar bor

Charm, moʻyna xom ashyosi hamda poyabzal ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar 1-yanvardan foyda va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi.


Fix Price yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 30 dan ortiq doʻkonlarini yopdi

Shu bilan birga, mamlakatda birinchi franchayzing shoxobchalari paydo boʻldi.



Metaʼning choraklik daromadlari pasaydi

Kompaniya bunga sabab sifatida yevro qiymatining pasayishini keltirib oʻtdi.



Oʻzbekistonda 1-avgustdan nimalar oʻzgaradi

Spot 2022-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.



Shuningdek, boshqa yangiliklar:

  1. Oʻzbekistonga “inomarka"lar asosan qayerdan olib kelinmoqda. Yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 24 ta xorijiy davlatlardan qiymati $396 mln.ga teng boʻlgan avtomobillar import qilgan.
  2. Komil Allamjonov oʻziga tegishli barcha biznes loyihalarini tark etishini maʼlum qildi. U bu qadamni “manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik” istagi bilan izohlab, boshqalarga ham shunday qilishni maslahat berdi.
  3. Oʻzbekistonga $94 millionlik mobil telefon import qilindi. Telefonlar, asosan, Xitoydan olib kelingan.
  4. Investitsiya shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi. Ekspertizalar 100% lik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi.
  5. Yevropa sudi Alisher Usmonovning sanksiyalar bo‘yicha da’vosini tezlashtirilgan tarzda ko‘rib chiqishni rad etdi. Sudda imkoniyatga ega boʻlish uchun tadbirkor Rossiya rasmiylari bilan yaqin aloqasi yoʻqligini isbotlashi kerak boʻladi.
  6. Umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga soluvchi talablar soddalashtiriladi. Ushbu sohalardagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
  7. Issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy qilish uchun subsidiya ajratiladi. Muqobil energiya qurilmalari qiymatining 30%i, biroq 150 mln soʻmgacha boʻlgan qismi qoplab beriladi.
  8. Andijonda televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 75 ta ishchi o‘rni yaratildi.
  9. Metaʼning choraklik daromadlari pasaydi. Kompaniya bunga sabab sifatida yevro qiymatining pasayishini keltirib oʻtdi.
  10. AQSh Federal zaxira tizimi yil boshidan beri toʻrtinchi marta asosiy stavkani oshirdi. Rekord darajadagi inflyatsiya fonida AQSh regulyatori stavkalarning yangi oshirilishini “oʻrinli” deb hisoblaydi.
  11. GTA VI haqida dastlabki maʼlumotlar paydo boʻldi. Oʻyinning bosh qahramoni birinchi marta ayol kishi boʻladi.
  12. Oʻzbekiston mobil internet arzonligi boʻyicha TOP-20 davlat qatoriga kirdi. Oʻtgan yil davomida 1 GB oʻrtacha narxi 40% ga, uch yil ichida esa deyarli toʻqqiz barobarga kamaydi.
  13. Qozogʻiston qoʻshni davlatlarga avtomobil orqali koʻmir eksport qilishni taqiqlamoqchi. Mamlakat hukumati qattiq yoqilgʻining Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga ommaviy eksport qilinishidan choʻchimoqda.
  14. Tesla bitkoinning qadrsizlanishi ortidan $170 mln yoʻqotdi. Kompaniya oʻziga tegishli kriptovalyutalarning 75%ini sotib yubordi.
  15. Elektron tijorat maʼmurchiligi takomillashtiriladi. Asosiy tushunchalar. Sunʼiy arzon narxlarda takliflar berish yoʻli bilan xaridlar uzilishining oldini olish mexanizmi joriy etilmoqda.
  16. Uzbekistan Airways Urganch-Rim-Toshkent yoʻnalishida parvozlarni amalga oshiradi. Aviachiptalar narxi 7 025 360 soʻmdan boshlanadi.
  17. Individual soliq imtiyozlari 144 mlrd so‘mni tashkil etdi. Yuridik shaxslar tomonidan 2022-yil birinchi yarim yilligida 24,6 trln soʻmdan ziyod soliq imtiyozlaridan foydalanilgan.
  18. Isteʼmolchilarga yil boshidan buyon 248,6 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi. Birgina iyun oyining oʻzi uchun 61,9 mlrd soʻm keshbek tasdiqlandi.
  19. Jizzax va Orenburg iqtisodiy zonalari oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi. EIZning ishga tushirilishi 2024-yilning boshiga moʻljallangan.
  20. Afrosiyob poyezdlarining harakatini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi. GPS orqali poyezdlarning bekatdan soat nechada harakatlanganligi va yakuniy bekatga qancha muddatda yetib kelishini monitoring qilish mumkin boʻladi.