Buxoroda joriy yil yakuniga qadar umumiy qiymati 9,8 trln so‘m bo‘lgan 521 ta hududiy investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Bu haqda viloyat hokimi Botir Zaripov ma’lum qildi.

Natijada 12 ming 152 kishi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Hozirgi vaqtga qadar qiymati 2,8 trln so‘m bo‘lgan 196 ta loyiha ishga tushib, 3 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Shuningdek, birinchi yarim yillikda $104,1 mln to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi rejasi $160,1 mln, ya’ni 154%ga bajarildi.


Avvalroq “Spot” NKMK yetakchi xalqaro banklardan 5 yil muddatga garovsiz uzoq muddatli kredit jalb qilgani haqida xabar bergan edi.

Qiymati $1,2 mlrdlik mazkur bitim kompaniyaning umumiy korporativ maqsadlari hamda investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.