2022-yil avgust oyi boshida “Meta” kompaniyasi “BlenderBot 3” chat-botini ishga tushirdi, deya xabar beradi “theverge.com” nashri.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, “BlenderBot 3” internetda ma’lumotlarni topib, tahlil qilgan holda istalgan mavzu bo‘yicha suhbatni davom ettira oladi.

Xizmatning birinchi foydalanuvchilari bot haqiqatdan ham yozishmalar mavzusini aniq belgilashi va suhbatni o‘zi boshlashi mumkinligini aytishdi.

Biroq, ba’zida chat-bot kulgili yoki hatto bahsli javoblarni beradi, shu jumladan uni ishlab chiqqan “Meta"ni tanqid qiladi:


BlenderBot 3 bilan suhbatlashish bepul, lekin hozirda u faqat AQShda ishlaydi.